Scopus jurnaliga maqola chiqarish: jurnal va kvartil tanlash, IMRAD tuzilmasi, yuborish va taqriz bosqichlari, muddat, APC to'lovi va yirtqich jurnallar.
Hozirgi kunda ilm-fan yutuqlari xalqaro darajada ko'rinishi uchun doktorantlar (PhD va DSc), hamda professor-o'qituvchilardan Scopus yoki Web of Science (WoS) xalqaro bazalaridagi jurnalga maqola chop ettirish talab etiladi. Buning sababi, ushbu bazalarning haqiqiy sifatli ilm maskani ekani hamda O'zbekiston ilm-fani indikatorini xalqaro miqyosga olib chiqishidir.
Scopus jurnaliga maqola chiqarish bosqichlari
- 1. Jurnal tanlash. Mavzuingizga mos, Scopus bazasida amalda indekslanayotgan jurnalni toping. Jurnalning holati va kvartilini (Q1-Q4) Scopus Sources ro'yxati hamda SCImago (SJR) saytida tekshiring.
- 2. Jurnal talablarini o'rganish. Har bir jurnalning mualliflar uchun yo'riqnomasi (Guide for Authors) bor: hajm, tuzilma, havola uslubi (ko'pincha APA), annotatsiya hajmi.
- 3. Maqolani yozish. Matn IMRAD tuzilmasida, ilmiy ingliz tilida yoziladi (pastda batafsil).
- 4. Yuborish. Maqola jurnalning onlayn tizimi orqali, qo'shimcha xat (cover letter) bilan yuboriladi.
- 5. Taqriz (peer review). Muharrir maqolani dastlabki ko'rikdan o'tkazadi, so'ng u mustaqil taqrizchilarga yuboriladi.
- 6. Qayta ishlash. Taqrizchilar izohlari bo'yicha maqola tuzatiladi va javob xati bilan qayta yuboriladi.
- 7. Qabul va nashr. Maqola qabul qilingach, tahrir va maketdan so'ng chop etiladi va bazada indekslanadi.
Scopus jurnaliga maqola chiqarish muddati
Muddat jurnalga qarab juda farq qiladi. Taqriz bosqichining o'zi bir necha haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin, qayta ishlash va nashr navbati ham vaqt oladi - shuning uchun maqolani himoya muddatidan ancha oldin yuborish kerak. Jurnalning o'rtacha ko'rib chiqish muddati odatda uning saytida ko'rsatiladi.
Scopus jurnaliga maqola chiqarish narxi
Ko'p obunaviy jurnallar mualliflardan nashr to'lovi olmaydi. Ochiq kirishli (open access) jurnallar esa odatda APC (article processing charge) - maqolani nashrga tayyorlash to'lovini oladi; uning miqdori jurnal saytida ochiq ko'rsatiladi. Kafolatlangan tez nashr evaziga katta pul so'ralishi - yirtqich jurnal belgisi bo'lishi mumkin (pastda batafsil).
Maqolani tayyorlash, jurnal tanlash va talablarga moslashtirish bo'yicha xizmatimiz narxi ish hajmiga qarab kelishiladi: ilmiy maqola yozish xizmati.
Scopus maqolasi uchun IMRAD tuzilmasi
Local tarzda, OAK jurnallariga yozilgan matn uslubida nufuzli jurnallarga borish - bu to'g'ridan-to'g'ri "Reject" (Rad etildi) javobini olish demakdir. Xalqaro jurnallar qat'iy ravishda quyidagi IMRAD strukturasiga rioya qilishni so'raydi:
- I (Introduction - Kirish): Muammoning dolzarbligi, nega aynan shu mavzuni o'rganyapsiz va tadqiqotdan olingan nazariy asoslarning yetishmovchilik bo'shlig'i (Research gap) ko'rsatiladi.
- M (Methods - Metodologiya): Tadqiqot aynan qanday vosita yordamida olib borildi. Boshqalar izlanishingizni takrorlay oladigan darajada batafsil bo'lishi kerak.
- R (Results - Natijalar): Matematik, ijtimoiy yoki ximik tajribalarning eng muhim aniq yutuqlari bayon qilinadi, jadvallar-grafiklar qo'shiladi.
- A (and - Va)...
- D (Discussion - Munozara): Eng muhim qismi! Sizning natijangiz uchinchi bir muallif natijasidan nimasi bilan farq qiladi, afzalligi yoki kamchiligi muhokama qilinadi. Va nihoyat Xulosa va Referncslar.
OAK va Scopus uchun asosiy ehtiyot choralari (Yirtqich jurnallar)
Ijtimoiy tarmoqlar (xususan, Telegram) va pochta qutingiz orqali "Scopusga 1 haftada maqola chiqaramiz, tekinga, yoki pul evaziga" kabi yozuvlarga darhol ishonib qolmang. Bu katta ehtimol bilan yirtqich jurnallar (Predatory Journals). Bu jurnallarga topshirilgan pullar va mehnat havo bilan ketadi, sababi bunday jurnallar yilda ikki marta xalqaro bazadan quvib chiqariladi (Exclude qilinadi).
Bizning xizmat
Ilmiyxizmat jamoasi haqiqiy nufuzli xalqaro jurnallarga maqola moslashtirish, tarjima qilish (Academic English), hatto hammualliflik masalalarida sifatli monitoring xizmatlarini ko'rsatadi. O'z sohangizdagi haqiqiy Q3, Q2 jurnallardan joy olishni bizning jamoaga topshiring!