Nashr

OAK jurnallari ro'yxati 2026: ixtisoslik bo'yicha jurnal tanlash

OAK jurnallari ro'yxati 2026: ro'yxatni qayerdan topish, ixtisoslik shifri bo'yicha jurnal tanlash, jurnalning OAK holatini tekshirish va maqolaga qo'yiladigan talablar.

PhD (falsafa doktori) yoki DSc (fan doktori) kabi ilmiy darajalarni himoya qilish uchun O'zbekiston amaliyotida ko'plab chop etilgan ishlar talab qilinadi. Bular orasida eng muhimi — OAK (Oliy Attestatsiya Komissiyasi) e'tirof etadigan nufuzli mahalliy jurnallardir.

OAK jurnallariga maqola topshirish tushunchasi

Agar jurnalingiz OAK ro'yxatida bo'lmasa, uni disertatsiya himoyasida inobatga olinishi qiyin. OAK ro'yxatiga asosan O'zbekistonning markaziy hamda yirik OTMlari qoshida chiqadigan ilmiy xabarnomalar kiradi (Masalan, O'zMU xabarlari, Moliya jurnali va hokazo). Bunday jurnallar odatda O'zbek, Rus va Ingliz tillarida material qabul qiladi.

OAK jurnallari ro'yxatini qayerdan topish mumkin

Dissertatsiya natijalari chop etilishi mumkin bo'lgan jurnallar ro'yxati Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va vaqti-vaqti bilan yangilanadi. Shuning uchun maqola yuborishdan oldin jurnal amaldagi ro'yxatda ekanini tekshirish shart.

Ro'yxat bilan qulay ishlash uchun ilmiz.uz ochiq indeksidan foydalanish mumkin: unda OAK ro'yxatidagi jurnallar, ularning OAK holati, ixtisoslik kodlari va ISSN raqamlari jamlangan, jurnallarni soha va kalit so'z bo'yicha qidirish mumkin.

Ixtisoslik bo'yicha jurnal tanlash

OAK ro'yxatidagi har bir jurnal muayyan ixtisosliklar (fan sohalari) bo'yicha maqolalarni qabul qiladi. Maqolangiz dissertatsiya himoyasida hisobga olinishi uchun jurnal sizning ixtisoslik shifringiz bo'yicha ro'yxatga kiritilgan bo'lishi kerak. Tanlash tartibi:

  • Ixtisoslik shifrini aniqlang - dissertatsiyangiz qaysi ixtisoslik bo'yicha himoya qilinishini ilmiy rahbaringiz bilan aniqlashtiring.
  • Shu shifr bo'yicha jurnallarni saralang - ilmiz.uz da jurnallarni ixtisoslik kodi bo'yicha filtrlash mumkin.
  • Jurnalning OAK holatini tekshiring - jurnal ro'yxatdan chiqarilgan bo'lsa, undagi yangi maqolalar hisobga olinmasligi mumkin.
  • Talablar va muddatni solishtiring - til, hajm, rasmiylashtirish va navbatdagi son chiqish sanasi har jurnalda har xil.

Jurnal OAK ro'yxatida ekanini qanday tekshirish

  • Jurnal nomi va ISSN raqamini ro'yxatdagi ma'lumot bilan solishtiring - nomi o'xshash, lekin ro'yxatda yo'q jurnallar uchraydi.
  • Jurnal qaysi ixtisosliklar bo'yicha kiritilganini tekshiring.
  • Jurnal ro'yxatga qachon kiritilganiga e'tibor bering: maqolaning chop etilgan sanasi jurnal ro'yxatda bo'lgan davrga to'g'ri kelishi kerak.

Rasmiylashtirish va Asosiy talablar

  • Muallif ma'lumotlari: F.I.O, asosiy ish joyi (affiliatsiya), lavozim va ORCID identifikatori to'g'ri ko'rsatilishi lozim.
  • Annotatsiya va Kalit so'zlar: Odatda o'zbek, rus hamda ingliz tilida bo'lishi qat'iy talabdir. Annotatsiya maqolaning mohiyatini, maqsadi yakuniy xulosalarini qisqa (200-250 so'z) qamrab olishi kerak.
  • Matn originalligi: Mahalliy jurnallarda ham kamida 75% lik tozalik (antiplagiat) tizimi faol ishlaydi.
  • Iqtiboslar: Iqtiboslarni to'g'ri rasmiylashtirish (aksariyat GOST formatida talab qiladi) hamda so'nggi 5 yil ichida chiqqan adabiyotlardan foydalangan bo'lishingiz manzur ko'riladi.

Mavzuyingiz va yo'nalishingiz qanday bo'lmasin, OAK ilmiy jurnallarida zudlik bilan kerakli bo'lgan nashr ishlarini amalga oshirishingiz uchun jamoamiz malakali yordam bera oladi. Zero vaqt tejash bu muvaffaqiyat garovidir!

OAK jurnaliga maqola chiqarish muddati va narxi

Muddat jurnalning navbatdagi soni va taqriz jarayoniga bog'liq. Bizning amaliyotimizda OAK jurnaliga maqola chiqarish odatda 1-4 hafta oladi, xizmat narxi 350 000 so'mdan boshlanadi. Batafsil: OAK jurnaliga maqola chiqarish xizmati. Nashr narxlarini solishtirish uchun: O'zbekistonda ilmiy maqola nashr qilish narxlari (2026).

Mavzuga oid xizmat

🏛️ OAK jurnalga maqola chiqarish

Maqolangizni OAK ro'yxatidagi jurnallarga chiqarishda to'liq yordam.

350 000 so'm dan boshlab

Xizmat haqida batafsilNarxni bilish