Magistrlik dissertatsiyasi, BMI yoki ilmiy maqolangiz antiplagiat tekshiruvidan muvaffaqiyatli o'tishi uchun samarali va halol usullar.
Antiplagiat tizimidan o'tish bugungi kunda talabalar, magistrantlar hamda ilmiy darajaga da'vogarlar uchun (PhD va DSc) eng dolzarb masalalardan biridir. O'zbekistonning barcha OTMlarida hamda OAK jurnallarida, dissertatsiyalar, BMI (bitiruv malakaviy ishlari), MD (magistrlik dissertatsiyalari) va hatto ilmiy maqolalar qat'iy tekshiruvdan o'tkaziladi.
Antiplagiat o'zi nima va qanday ishlaydi?
Ushbu tizimlar sizning hujjatingiz matnini global internet, oldin himoya qilingan dissertatsiyalar arxivlari, Milliy kutubxona bazalari va boshqa ochiq hamda yopiq resurslar matni bilan solishtirib chiqadi. Sizning ishingizdagi har bir ko'chirilgan so'zma-so'z qator, tizim tomonidan plagiaturaga deb baholanadi.
Ilmiy ishning original foizi qancha bo'lishi kerak?
Talablar OTM yoki ilmiy markazga qarab farq qilishi mumkin. Odatda asosiy ko'rsatkichlar quyidagicha:
- Kurs ishi: Odatda kamida 50-60% originallik so'raladi.
- Bitiruv malakaviy ishi (BMI): Kamida 60-70% oralig'ida bo'lishi majburiy hisoblanadi.
- Magistrlik dissertatsiyasi: Odatda 70-75% dan kam bo'lmasligi kerak.
- Ilmiy maqolalar (OAK va Scopus jurnallariga): Kamida 75-80% originallikka ega bo'lishi shart. Hattoki ba'zi Q1/Q2 bazadagi maqolalar 90% atrofida tozalikni talab qiladi.
Plagiat foizini qanday tushirish (yoki originallikni oshirish) mumkin?
Afsuski, ko'pchilik "qora yo'llar" (harflarni almashtirish, oq shrift qo'shish, makrolardan foydalanish) orqali yechim izlaydi. Biroq, bugungi aqlli antiplagiat dasturlari bunday aldovlarni juda tez aniqlaydi va hujjatingizni rad etib, intizomiy choraga ham sabab bo'lishi mumkin. Eng xavfsiz va samarali yo'llar ushular:
- Perifrazlash (Qayta so'zlash): Muallif g'oyasini saqlagan holda matnni o'z so'zlaringiz bilan, boshqa sinonim va gap qurilishidan foydalanib yozib chiqing.
- Tarjima qilish orqali yozish: Chet tilidagi (ingliz, rus, olmon) manbalarni topib, ularni ilmiy-akademik tilga o'zbekchaga to'g'ri o'girib foydalanish antiplagiat foizini sezilarli darajada pasaytiradi, chunki bu tizim uchun mutlaqo yangi matn bo'lib ko'rinadi (lekin muallif iqtibosi ko'rsatilishi baribir shart!).
- To'g'ri iqtibos keltirish: GOST 7.32 yoki APA 7 standartlaridan foydalanib olingan parchani qo'shtirnoq ichiga olib iqtibos qoldiring. Aksariyat tizimlar to'g'ri olingan ko'chirmalarni "plagiat" emas, balki "iqtibos" sifatida foizda chiqarib beradi va bazaviy bahoni pastga tortmaydi.
Agar sizda tayyor ishingizning antiplagiat foizini halol va tezkor yo'llar bilan kerakli natijaga (70%-90%) ko'tarish muammosi bo'lsa, Ilmiyxizmat.uz ekspertlari yordamidan foydalanishingizni tavsiya qilamiz!